Samarqandda mahkumlar o'rtasidagi janjal birining o'limi bilan tugadi

0

Bog'dorchilik ishlariga jalb qilingan ikki mahbusning janjali ulardan birining o'limi bilan tugagan. Bu haqda IIV huzuridagi jazoni ijro etish departamenti xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 2022 yil 6 dekabr kuni soat 18:20 larda Samarqand viloyati Past Darg'om tumanidagi 37-son manzil-koloniyada jazo muddatini o'tayotgan mahbuslar mazkur muassasaga qarashli yerga bog'dorchilik ishlariga jalb qilingan.

Shu yerda dehqonchilik bilan shug'ullanish uchun mo'ljallangan yerda ishlayotgan mahkum B.Q. mahkum U.E. bilan o'zaro janjallashib, unga og'ir tan jarohatlari yetkazgan. Oqibatda, mahkum U.E. voqea joyida vafot etgan.

Qayd etilishicha, hozirda mazkur holat prokuratura organlari nazoratiga olingan bo'lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.