Qirg'iziston janubida Ichki ishlar vazirligining maxsus bo'linmalari Milliy xavfsizlik xizmati binosiga bostirib kirdi.
Qirg'izistondagi bir qator ommaviy axborot vositalari o'z manbalariga tayanib, O'sh shahridagi Milliy xavfsizlik davlat qo'mitasi bosh boshqarmasi binosiga Ichki ishlar vazirligi maxsus bo'linmasi bostirib kirgani haqida xabar tarqatdi.
Ma'lum qilinishicha, mahalliy vaqt bilan soat 16:00 atrofida u yerga 10 dan ortiq odam yetib keldi.
Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko'ra, binoda Milliy xavfsizlik davlat qo'mitasi xodimlari hibsga olinmoqda.
Ichki ishlar vazirligining maxsus bo'linmalari O'sh shahar Milliy xavfsizlik davlat qo'mitasi binosiga bostirib kirgani haqida Kaktus.media ham huquq-tartibot idoralari xodimlariga tayanib xabar qildi.
Unga ko'ra, 20 yanvar kuni IIV maxsus bo'linmasining 20 ga yaqin xodimi janubiy poytaxtda joylashgan Milliy xavfsizlik davlat qo'mitasining O'sh viloyati bo'yicha binosiga bostirib kirgan. Tergovni Qirg'iziston Bosh prokuraturasi olib bormoqda. Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, xavfsizlik kuchlari tomonidan Milliy xavfsizlik davlat qo'mitasining viloyat bo'yicha tergovchisi o'ta yirik miqdorda pora olishda gumonlanib, qo'lga olinmoqda.
Ayni damda Milliy xavfsizlik davlat qo'mitasi binosida ish olib borilmoqda. Kirish joyida ikki huquq-tartibot idorasi xodimlari o'rtasida o'zaro janjal kelib chiqqan.
mk.kg