Bugun ayrim joylarda qor yog'ishi mumkin

0

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 25 yanvar kuni Toshkentda havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Yo'llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shimoli-sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 9-11 daraja sovuq, kunduzi 0-2 daraja iliq bo'ladi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq bo'ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Ba'zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq bo'ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Yo'llarda yaxmalak yuzaga keladi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 8-13, ayrim joylarda 15-17 darajagacha sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, ayrim joylarda 5 darajagacha sovuq bo'ladi.

Qashqadaryo viloyatida havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Ba'zi joylarda tuman tushishi mumkin. Yo'llarda yaxmalak yuzaga keladi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 8-13 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq bo'ladi.

Surxondaryo viloyatida havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Yo'llarda yaxmalak yuzaga keladi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 4-9 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo'ladi.

Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlarida havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Ba'zi joylarda tuman tushishi mumkin. Yo'llarda yaxmalak yuzaga keladi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 8-13, ayrim joylarda 15-17 darajagacha sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq bo'ladi.

Respublikamizning tog'li hududlarida havo o'zgarib turadi, ayrim joylarda biroz qor yog'ishi mumkin. Yo'llarda yaxmalak yuzaga keladi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 12-17, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo'ladi.

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here