Farg'onada rashk tufayli homilador ayol o'zini mashina ichida yoqib yubordi

0

Bosh prokuraturaning ma'lum qilishicha, 2023 yil 24 yanvar kuni soat taxminan 19-00 larda fuqaro M.U. “Matiz” rusumli avtomashina boshqaruvida homilador turmush o'rtog'i (shar'iy nikoh asosida) 1987 yilda tug'ilgan M.X.ni shifoxonadan yashash xonadoniga olib ketayotgan vaqtida, turmush o'rtog'i uni rashq qilgan holda og'zaki janjallashib kelgan.

M.U. turmush o'rtog'i bilan gaplashib olish maqsadida, avtomashinani Farg'ona shahridagi “Neftchi” stadioni ro'parasida to'xtatgan.

Shu vaqtda, avtomashina orqa o'rindig'ida o'tirgan M.X. (ayol) o'zi bilan uyidan olib chiqqan plastmassa idishdagi “benzin” yoqilg'isini dastlab turmush o'rtog'i M.U.ni, keyinchalik esa o'zini va avtomashina saloni ichiga sepib, yoqmoqchi bo'lgan.

Turmush o'rtog'ining ushbu harakatidan qo'rqib ketgan M.U. avtomashinadan tushib, tashqariga qochgan vaqtda M.X. yondirgich (zajigalka) bilan o'zini va avtomashinani yoqib yuborgan.

Chaqiruvga asosan hodisa joyiga yetib kelgan Farg'ona viloyati Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan yong'in tezkorlik bilan o'chirilib, tez-tibbiy yordam bo'limi xodimlari tomonidan avtomashina salonida bo'lgan marhuma M.X.ning yong'in natijasida tug'ilgan o'g'il jinsli chaqalog'ini hayoti saqlab qolingan.

Biroq, shifokorlar tomonidan ko'rsatilgan zarur tibbiy yordamga qaramasdan chaqaloq shifoxonada vafot etgan.
 
Mazkur holat yuzasidan Farg'ona shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 103-moddasi 2-qismi “b” bandi (O'zini o'zi o'ldirish darajasiga yetkazish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi prokuratura xabarida.

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here