Samarqandda qiz o'zi bilan yaqin munosabatda bo'lgan erkakdan pul undirmoqchi bo'ldi

0

Samarqand viloyati Past Darg'om tumanida raqqosa qiz o'zi bilan yaqin munosabatda bo'lgan fuqarodan tovlamachilik bilan 20 ming dollar talab qilib, 10 ming dollar olayotganda ushlangan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Past Darg'om tumanida yashovchi 30 yoshli erkak 23 yoshli raqqosa qiz bilan tanishib qolgan va ular yaqin munosabatda bo'lishgan.


Biroz o'tib, o'zaro munosabat buzilgach qiz erkakdan tovlamachilik yo'li bilan 250 mln so'm olgan va yana 20 ming dollar berishni talab qilgan.

2023 yil 11 yanvar kuni viloyat IIB uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo'limi tomonidan Samarqand shahrida o'tkazilgan tadbirda qiz jabrlanuvchidan talab qilingan puldan 10 ming dollarini olayotganida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Qayd etilishicha, hujjatlar Samarqand shahri bo'yicha IIO FMB huzuridagi tergov bo'limiga topshirilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here