Rossiyada o'g'rilik sodir etgan 21 yoshli o'zbekistonlik qo'lga tushdi

0

Rossiya politsiyasi Kreml hududidagi binodan elektr ventilyatsiya klapanini o'g'irlaganlikda gumonlanayotgan 21 yoshli o'zbekistonlikni qo'lga oldi.

«MK.ru» nashrining yozishicha, gumonlanuvchi O'rta savdo qatorlari binosini restavratsiya qilish vaqtida Kreml muzey majmuasi binosi ventilyatsiyasiga kirgan va u yerdan 7 ta klapan o'g'irlagan. Hozirda mutaxassislar zarar miqdorini aniqlamoqda.

Ma'lumot uchun, me'mor Roman Klein loyihasi bo'yicha 1889-1893 yillarda qurilgan O'rta savdo qatorlari binosi 2005 yilgacha Rossiya Mudofaa vazirligi tasarrufida edi. Keyinchalik u Federal xavfsizlik xizmatiga (FXX) o'tkazilgan. 2012 yil iyun oyida prezident Vladimir Putin binoni Moskva Kreml muzeyi tasarrufiga o'tkazishni taklif qilgan.