O'zbekiston hududida yer silkinishi sodir bo'ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar bermoqda.
Ma'lum bo'lishicha, mamlakat hududida mahalliy vaqt bilan 28 yanvar kuni soat 18:13 da (28.01.2023 yil, Grinvich bo'yicha 13:13 da) zilzila sodir bo'ldi.
Epitsentr: Andijon viloyati, Xonobod tumani. Zilzila koordinatalari: 40,83 gradus shimoliy kenglik; 73,12 gradus sharqiy uzunlik.
Magnituda M=3. Chuqurlik 15 km. Zilzila episentri Toshkentdan 331 km janubiy-sharqda.