Germaniyaning maqsadi – Rossiya chegaralarini kengaytirishning oldini olish

0

Germaniya kansleri Olaf Shols Ukrainadagi qurolli mojaroda ishtirok etish orqali Germaniyaning asosiy maqsadini belgilab berdi.

Uning so'zlariga ko'ra, bu Rossiyaning chegaralarini yanada kengaytirishiga yo'l qo'ymaslikdan iborat. Kansler tegishli videomurojaatni o'z veb-saytida e'lon qildi.

“Maqsadimiz aniq – Rossiyaga endi o'z chegaralarini kuch bilan ko'chirishga yo'l qo'yib bo'lmaydi”, dedi Shols.