Ramos o'zining sevimli otini qirollik oilasiga sotdi

0

Fransiyaning PSJ klubi himoyachisi Serxio Ramos o'zining sevimli otini Saudiya Arabistoni qirollik oilasiga sotdi.

“Ispaniyaning eng yaxshi oti” deb tan olingan tulpor 2024 yilgi Olimpiya o'yinlari arafasida Saudiya Arabistoni ot sporti federatsiyaga nasib qildi. O'ziga xos «transfer» narxi 1,3 mln yevroni tashkil qildi.

«Alamo» laqabli ot Ramos va chavandoz Serxio Alvares Moyyaga tegishli edi. Aynan «Alamo»da Moyya ““Longines Global Champions Tour” (LGCT) musobaqasida sakkizinchi o'rinni egallagan va 440 000 funt sterling mukofot puliga ega chiqqandi. Bundan tashqari ushbu juftlik ko'plab xalqaro musobaqalarda g'olib va sovrindor bo'lishga erishgan, jumladan, 2021 yil iyul oyida Berlinda o'tgan Gran-prida.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Ramos Saudiya Arabistoni klubi safiga ko'chib o'tishi mumkinligi haqida aytilgandi.