Buyuk Britaniyaning Met Office ob-havo xizmati ma'lumotlariga ko'ra, 2023 yil yozi 2022 yilga qaraganda issiqroq bo'lishi taxmin qilinmoqda. Sayyoramizda issiqxona gazlari chiqindilari ko'tarilishda davom etar ekan, global o'rtacha harorat ham oshib boraveradi. Bu haqda Met Office bashorat qilmoqda.
Xabarda 2023 yilda Yerning o'rtacha harorati 1900 yillargacha, ya'ni odamlar qazib olinadigan yoqilg'ilarni ko'proq yoqishni boshlagan vaqtga nisbatan 1,08 dan 1,32 darajagacha yuqori bo'lishi mumkinligi aytilgan.
Bir daraja vahimali ko'rinmasligi mumkin, ayniqsa hozirgi qattiq qish sharoitida. Ammo global miqyosdagi bunday o'zgarishlar allaqachon halokatli iqlim ta'sirini keltirib chiqardi.
Bundan tashqari, bu butun sayyora uchun o'rtacha ko'rsatkich – ba'zi hududlar iqlim o'zgarishidan boshqalarga qaraganda ko'proq zarar ko'rdi.
“Bu yil biz juda ko'p odamlar hayoti, sog'liqni saqlash, oziq-ovqat, energiya va suv xavfsizligi hamda infratuzilmasiga putur yetkazgan bir nechta kuchli ob-havo ofatlariga duch keldik. Pokistonning uchdan bir qismi suv ostida qoldi, katta iqtisodiy yo'qotishlar va insonlar qurbon bo'ldi. Xitoy, Yevropa, Shimoliy va Janubiy Amerikada rekord darajadagi issiqlik to'lqinlari kuzatildi. Afrikada uzoq davom etayotgan qurg'oqchilik insonlar hayotiga tahdid solmoqda”,–deydi Jahon Meteorologiya tashkiloti bosh kotibi Petteri Taalas..