Rossiyalik taniqli rassom-multiplikator Vyacheslav Nazaruk 81 yoshida vafot etdi.
Nazaruk “Mushuk Leopold”, “Mamontchaning onasi”, “Mitti yenotcha” kabi multfilmlarni chizgan. Rassom “Soyuzmultfilm” yopilganidan so'ng Disney kinostudiyasiga ishga taklif qilingan hamda u yerda rang-tasvir nazariyasi bo'yicha ma'ruzalar o'qigan.