Tojikiston piyoz, kartoshka va sabzi eksportini taqiqladi

0

Bu haqda respublika Qishloq xo'jaligi vazirligi xabar qildi, deb yozmoqda @SputnikLive.

Prezident Imomali Rahmon ushbu mahsulotlarning tanqisligi va narxlari oshishi sababli shunday qaror qabul qilgan.

“Piyoz taqchilligi”ga O'zbekiston va Pokistonda hosil yaxshi bo'lmagani va sovuq havo sabab bo'lgan.

O'zbekiston 1 yanvardan boshlab 4 oy muddatga piyoz eksportini taqiqladi. Qirg'iziston va Qozog'iston ham shunday yo'l tutdi.