Afg'oniston temir yo'l boshqarmasi kelishilgan chora-tadbirlarni o'z vaqtida amalga oshira olmagani sababli, 1 fevraldan boshlab Afg'onistonga temir yo'l qatnovi to'xtatildi.
“Tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlash, Afg'onistonga yuk tashishning uzluksizligini ta'minlash va ushbu mamlakatga olib o'tilayotgan eng zarur tovarlarning kutib qolishining oldini olish maqsadida “So'g'diyona Trans” yuklarni Termiz shahri logistika markazlaridan avtomobil transportida hamda Termiz daryo porti orqali Afg'onistonga olib o'tishda amaliy yordam ko'rsatadi”, deyiladi xabarda.
“O'zbekiston temir yo'llari” AJga ko'ra, “G'alaba – Hayratan” temir yo'li ochilishi haqida qo'shimcha ma'lumot beriladi.