«An-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu ijtimoiy tarmoqqa motivatsion post joylashtirdi.
Portugaliyalik mashg'ulotdagi suratini joylashtirib, unga quyidagicha izoh qoldirdi: «Mashaqqatli mehnat hech qachon to'xtamaydi».
Eslatib o'tamiz, Ronaldu va «An-Nasr»ni 3 fevral kuni Saudiya Arabistoni chempionati doirasida «Al-Fotih»ga qarshi bellashuv kutib turibdi.
Hozircha 37 yoshli forvard riyodliklar safida 2 ta rasmiy uchrashuvda ishtirok etib, o'z hisobiga samarali harakat yozdirib qo'ya olmadi.