2022 yilning 9 avgust kunidan 10 avgust kuniga o'tar kechasi soat 00:04larda noma'lum shaxslar Chortoq tumani Baliqko'l MFYda joylashgan “Sulton Uvays Qaraniy” ziyoratgohida mavjud bo'lgan “Qur'oni Karim” kitobining qo'lyozma nusxasini o'g'irlab ketgani haqida xabar bergan edik.
Jinoyat ishlari bo'yicha Chortoq tuman sudi raisi Ibrohim Jabborovning ma'lum qilishicha, Namanganda «Qur'oni Karim» noyob qo'lyozmasini o'g'irlagan jinoyatchilar javobgarlikka tortildi
Adliya vazirligining ma'lumotiga ko'ra, 2022 yil 10 avgust kuni 2 marta sudlangan E.Abdusattorov Namangan shahrida istiqomat qilgan eski tanishi va jinoiy sherigi R.Shoisayev bilan birga bu jinoyatni sodir etgan.