Amerikaliklar uni Eron hukumati buyurtmasiga ko'ra, eronlik muxolifatchiga suiqasd uyushtirganlikda ayblamoqda. Rafet Amirov va uning sherigi Polad Omarov muxolifatchi ayolni o'ldirish uchun qotilni yollagan. Ammo u buyurtmani bajarishdan oldin qo'lga tushgan va ikkalasiga qarshi ko'rsatma bergan. Shuningdek, 4 yanvar kuni Chexiyada qo'lga olingan Polad Omarov ham Rafetga qarshi ko'rsatma bergan.
Rafet 2014 yilda Ozarboyjonning bosh «qonundagi o'g'ri»si Nodir Salifov (Guli) taklifi bilan toj kiygan edi. Ammo Guli Turkiyada o'ldirilganidan so'ng, uning jinoiy guruhidagilar Amirovni kaltaklab, «taxtdan ag'darib», o'g'rilar oilasidan haydab yuborishgan edi.