Jurnalistlar xalqaro federatsiyasi Rossiya jurnalistlar ittifoqini o'z safidan chiqarish jarayonini boshladi, deb yozmoqda Reuters.
Shimoliy Yevropa davlatlari JXFni Rossiyaning davlat OAVlari Ukrainaning okkupatsiya qilingan hududlarida ishlayotganiga munosabat bildirmayotganini tanqid qilgan edi.
Bosh qarorgohi Brussel shahrida bo'lgan Jurnalistlar xalqaro federatsiyasiga 1926-yilda asos solingan. U 140 ta davlatda 187 ta assotsiatsiyalarni birlashtiradi va jahondagi eng yirik OAV xodimlari tashkiloti hisoblanadi.