Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlar iqtisodiyoti, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida Andijon viloyatiga jo'nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, tashrif davomida sanoat korxonalari va yangi uy-joylarni ko'zdan kechirish, yoshlarga kasb o'rgatish va aholi bandligini ta'minlash ishlari bilan tanishish rejalashtirilgan.
Davlati rahbari Farg'ona va Namangan viloyatlarida ham bo'ladi.