Joriy yil 31 yanvar ertalabki soat 08:00 dan 1 fevral 08:00 gacha Sog'liqni saqlash vazirligida tashkil etilgan Shtabga quyidagi ma'lumotlar kelib tushdi.
“103” xizmati:
2 739 ta tibbiyot brigadasi faoliyat ko'rsatdi.
“Tez yordam”ga 33 170 ta chaqiriq kelib tushdi.
Eng ko'p chaqiriqlar:
📌 Farg'ona viloyati — 3 973 ta,
📌 Andijon viloyati — 3 304 ta,
📌 Toshkent shahri — 3 297 ta,
📌 Toshkent viloyati — 3 016 ta,
📌 Namangan viloyati — 2 981 ta.
Shu vaqt davomida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning filiallariga 3 188 ta murojaat kelib tushdi.
Bemorlardan 816 nafari gospitalizatsiya qilindi.
Sutka davomida jami 2 423 nafar chaqaloq dunyoga keldi. Ulardan:
1 250 nafari — o'g'il;
1 173 nafari — qiz.
Ushbu go'daklardan 33 nafari — egizak.
Eng ko'p tug'uruq qayd etilgan hududlar:
Samarqand viloyati — 301 nafar,
Qashqadaryo viloyati — 278 nafar,
Farg'ona viloyati — 266 nafar,
Toshkent viloyati — 215 nafar,
Surxondaryo viloyati — 197 nafar.