Kiyev yadroviy qurolga ega bo'lmoqchi

0

Kiyev “xavfsizlik kafolati” sifatida yadroviy qurolga ega bo'lmoqchi. Bu haqda Ukrainaning Germaniyadagi elchisi Aleksey Makeev ma'lum qildi.

Diplomatning so'zlariga ko'ra, Ukrainaning yadroviy quroldan voz kechishiga sabab bo'lgan Budapesht memorandumi o'zini oqlamagan.

Endilikda Kiyev Ukraina xavfsizligining yangicha kafolatlari to'g'irisida muhokamalarni boshlamoqchi.