Rossiya MDH davlatlari harbiy xizmatchilariga pensiya to'lash to'g'risidagi kelishuvni bekor qilmoqchi

0

Hujjatni bekor qilish to'g'risidagi qonun loyihasi Davlat dumasiga kiritildi.

1992 yilda Rossiya Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog'iston, Qirg'iziston, Moldova, Tojikiston, O'zbekiston va Ukraina bilan harbiy hamda chegarachilarning pensiyalarini hisoblashning hududiy prinsipi bo'yicha kelishib olgandi.

Agar harbiy pensioner davlatga doimiy yashash uchun boshqa davlatga ko'chib o'tgan bo'lsa, unga o'sha mamlakatning normalariga muvofiq pensiya tayinlangan.

Rossiya harbiylar uchun eng yuqori pensiya belgilangan, bu esa soxta migratsiya oqimining oshishiga olib keldi. So'nggi yillarda hech qachon SSSR va RFda xizmat qilmagan xorijlik harbiylar ham bundan foydalana boshladi.

Shartnoma denonsatsiya qilingandan so'ng, MDH davlatlariga doimiy yashash uchun ko'chib kelgan RF fuqarolari Rossiya hukumatining 2014 yil 17 dekabrdagi 1386-sonli qarori asosida pensiya oladilar.