Saqoqushni o'ldirgan ovchiga ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi

0

Jizzaxda Qizil kitobga kiritilgan saqoqushni vahshiylarcha o'ldirgan fuqaroga nisbatan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

«Hozirda, fuqaroga nisbatan Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasining Aydar-Arnasoy ko'llar tizimi bo'limi tomonidan tegishli tartibda ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan bo'lib, sudga oshirish choralari ko'rilmoqda»”, deyiladi bayonotda.
Ma'lum bo'lishicha, fuqaro E.D «Aydar-Arnasoy» ko'llar tizimi hududida 1 dona O'zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”ga kiritilgan saqoqushni o'ldirib, xayvonot dunyosiga 15 mln. so'm zarar yetkazgani aniqlangan va holat nazoratga olingan.