So'nggi kunlarda poytaxtda sodir bo'lgan noxush voqea ortidan Toshkent shahri Oila va xotin-qizlar boshqarmasi maktab o'quvchilarining ota-onalariga murojaat qildi.
«Ota-onalar farzandlariga o'zi hamrohlik qilishi va maktabga olib borib maktabdan olib ketishi kerak. Ular bilan doimo aloqada bo'lib turish lozim», – deyiladi murojaatda.
Eslatib o'tamiz, Toshkent shahri Yangihayot tumanida 31 yanvar kuni zo'rlik va qotillik alomatlari bilan 12 yoshli qizning murdasi topilgandi. Uni o'zining qo'shnisi, bir muddat avval qizchaning uyida usta bo'lib ishlagan 29 yoshli shaxs shu kuyga solgani ma'lum bo'ldi.
Mazkur holat yuzasidan Yangihayot tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “v, z” bandlari bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan. Jinoyat ishi bo'yicha gumonlanuvchi shaxs (29 yoshli erkak) Jinoyat-prosessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.