Anomal sovuq natijasida qiyinchilik ko'rgan tadbirkorlarga yengilliklar beriladi

0

Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatida tadbirkorlar bilan uchrashuvda: «Bu yil qish nihoyatda sovuq keldi. Ko'plab tadbirkorlar bundan qiynalganini bilib turibman», — dedi.

Xususan, respublikada 3 mingta hududiy sanoat korxonasida 7 trillion so'mlik mahsulot ishlab chiqarilmagan (ularda 350 ming aholi band).

Hisob-kitobga ko'ra, zarur choralar ko'rilmasa, birinchi  chorakda yalpi mahsulot o'sishi 1,5 foizgacha pasayishi mumkin (5 foizdan 3,5 foizgacha).

❗️«Oldimizda dolzarb vazifa — «qattiq sovuq» oqibatlarini bartaraf etib, biznes faoliyatini tezroq izga tushirish», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shu bois, iqtisodiyotda yo'qotishlar o'rnini qoplash va biznesni qo'llab-quvvatlash uchun bugun alohida Prezident qarori imzolangan.