Odatda chaynov mushaklari aql tishlari atrofida uning ildizlariga birikkan holatda joylashadi. Shunga ko'ra, aql tishlarning vazifasi yumshoq tanglay va chaynov mushaklariga mustahkam tayanchni ta'minlashdir.
Aql tishi olib tashlanganda yumshoq tanglay mushaklarining osilib qolish xavfi mavjud. Bu jarayon, o'z navbatida, kuchli xurrak otish va yuqori nafas yo'llari bekilib qolishi xavfini tug'diradi. Odam chuqur uyqu vaqtida bo'g'ilib qolsa, ya'ni yumshoq tanglay mushaklari osilib, yuqori nafas yo'lini bekitib qo'ysa, nafas olishga imkon bermaydi.
Shuning uchun, yuqorida sanab o'tilgan ortodontik ko'rsatkichlarga ko'ra, butun dunyo stomatologik amaliyotida aql tishlarni olib tashlash (qat'iy ko'rsatma bo'lmasa) taqiqlanadi.