AQShning BMTdagi sobiq doimiy vakili hamda Janubiy Karolina shtatining sobiq gubernatori Nikki Xeyli 2024 yilda bo'lib o'tadigan AQSh prezidenti saylovida o'z nomzodini ko'rsatadi, deb xabar tarqatdi CNN telekanali.
U ushbu qarorini 15 fevralda Charlstonda e'lon qiladi. Xeyli Respublikachilar partiyasidan nomzodini qo'ymoqchi.