Farg'ona viloyati Oltariq tumanida joylashgan fermer xo'jaligi og'ilxonasiga g'ayriqonuniy ravishda kirib, 4 bosh qo'ni o'g'irlab ketgan jinoyatchilar ushlandi. Bu haqda Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati ma'lum qildi.
Qayd etilishicha, Oltiariq tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro A.D IIBga murojaat qilib, 2022 yil 29 dekabr kunidan 30 dekabr kuniga o'tar kechasi, noma'lum shaxs Qiziltepa mahalla hududida joylashgan fermer xo'jaligi og'ilxonasiga g'ayriqonuniy ravishda kirib, narxi 16.000.000 so'mlik 4 bosh qo'yni yashirin ravishda o'g'irlab, hodisa joyidan yashiringanligini ma'lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Oltiraiq tumani IIB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «g» bandi (o'g'irlik) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni M.M va Yu.M.lar sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.