Checheniston parlamenti Ramzan Qodirovning unvonini “xalq otasi” tituli bilan to'ldirish borasida rasmiy taklif bilan chiqdi. Bu bo'yicha hujjat parlament veb-saytida e'lon qilingan.
“Checheniston rahbari degan so'zlardan keyin birinchi xatboshi “Mexkan da” degan so'zlar bilan to'ldirilsin”, deyiladi taklif hujjatida.
Ma'lum bo'lishicha, chechen tilida “Mexkanda” iborasi so'zma-so'z “xalqning otasi” degan ma'noda ishlatiladi.