O'zbekiston limonining asosiy xaridori Rossiya bo'ldi

0

Statistika agentligiga ko'ra, O'zbekiston 2022 yilda 10 ta xorijiy davlatga qiymati 5,7 mln $ga teng bo'lgan 5,3 ming tonna limon eksport qilgan.

O'zbekiston eng ko'p limon eksport qilgan davlatlar:

— Rossiya – 3,6 ming tonna
— Qozog'iston – 1,1 ming tonna
— Qirg'iziston – 611 tonna

Xorijga eng ko'p limon eksport qilgan hududlar:

— Farg'ona viloyati – 2,1 ming tonna
— Toshkent viloyati – 646 tonna
— Xorazm viloyati – 613 tonna
— Namangan viloyati – 428 tonna