Poytaxtimizda «Navro'z sayli» 18 martdan 22 martgacha bo'lib o'tadi.
Toshkent shahar hokimligi axborot xizmatining ma'lum qilishicha, sayl 18 martdan 22 martgacha «Navro'z» bog'ida bo'lib o'tadi.
Tadbirda dorboz va polvonlarning chiqishlari, o'zbek xalq o'yinlari, milliy an'analarimizga asoslangan bozor muhiti, milliy taomlarimiz, «Retro» to'y marosimi va estradamiz yulduzlarining chiqishlari tashkil etiladi.