To'ra Bobolovning deputatlik vakolati muddatidan oldin tugatildi

0

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati kengashiga 3-Darband saylov okrugidan saylangan Bobolov To'ra Abdiyevichning deputatlik vakolati muddatidan oldin tugatildi.

U joriy yilning 24 fevral kuni Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o'rinbosari va O'zbekiston tomoni ishbilarmonlar kengashi hamraisi sifatida faoliyatini boshladi.

Eslatib o'tamiz, 2022 yil 26 dekabrda prezident farmoniga ko'ra, To'ra Bobolov boshqa ishga o'tishi sababli lavozimidan ozod etilgan edi.

To'ra Bobolov 2019 yildan buyon Surxondaryo viloyati hokimi lavozimida ishlab kelgan. 2017-2019 yillarda Surxondaryo viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo'yicha birinchi o'rinbosari lavozimini egallagan.

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here