Samarqand va Marg'ilonda yer maydonlarini ajratib berishni va'da bergan firibgarllar qo'lga olindi

0

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Samarqand viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o'tkazildi.

Unda, fuqaro S.S. va boshqalar Payariq tumanidagi “O`.B.” fermer xo'jaligining 0,70 gektar yer maydonini issiqxona qurish uchun fuqaro S.I.ga ajratib, hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga 4 500 AQSh dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Departamentning Marg'ilon shahar bo'limi tomonidan tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o'tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “I.F.” AJ buyum bozori nazoratchisi A.Sh. va fuqaro S.S. tadbirkor X.I.ga ushbu buyum bozori hududidan savdo nuqtasi uchun yer maydoni ajratib, hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga 25 mln so'mini firibgarlik yo'li bilan qo'lga kiritganliklari aniqlanib, ushbu pullarni to'liq qaytarganligi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.