Axbor A'zamov, sog'lom hayot targ'ibotchisi:
O'tkir appenditsit – bu ko'richak chuvalchangsimon o'simtasining o'tkir yallig'lanishi natijasida kelib chiqadigan kasallik bo'lib, ko'richak joylashgan sohada og'riq, isitmaning subfebril darajagacha ko'tarilishi(37,2-37,7°S), majburiy holatni egallash va ba'zan qusish bilan namoyon bo'ladi.
Ushbu kasallikni qorin bo'shlig'i a'zolari o'tkir kasalliklari xoletsistit, pankreatit, ayollarda bachadon, tuxumdon va bachadon naylari kasalliklaridan farqlash juda muhim o'rin tutadi.
Bolalarda ushbu kasallik kuzatilsa, ehtiyot bo'lish lozim. Yallig'langan o'simta yorilsa, yiring butun qorin bo'shlig'iga tarqalib, peritonitni keltirib chiqaradi. Va bu bolaning bevaqt o'limiga olib kelishi mumkin.
Yuqoridagi holatlar kuzatilsa, darhol jarroh ko'rigidan o'tishingiz tavsiya etiladi.