– Ovqat hazm qilishga yordam beradi. Bir piyola yalpiz ichimligi oshqozon og'rig'ining kuchayishini kamaytiradi, oshqozon buzilishini yo'q qiladi, meteorizm va qorin og'rig'ini kamaytiradi.
– Stressni yengillashtiradi. Yalpiz barglarida mentol mavjud. Bu tanamiz uchun tinchlantiruvchi vositadir. Uxlashda qiynalayotganlar uchun kechki payt dam olish uchun bir piyola iliq yalpiz choyi ichish tavsiya etiladi.
– Bosh og'rig'ini yengillashtiradi. Tez-tez bosh og'rig'i – bo'yin hamda yelkadagi stress va mushaklarning tortishishini yalpizli ichimliklardan foydalanish orqali yo'qotish mumkin.
– O't pufagi va jigarni qo'llab-quvvatlaydi. Yalpiz tarkibidagi elementlar safro chiqishini rag'batlantiradi. Bundan tashqari, yalpizli ichimliklar kolik va o't pufagining spazmlari uchun og'riq va noqulaylikni bartaraf etishga yordam beradi.
«Sog'lom hayot»