AQSh Si Szinpinning Rossiyaga tashrifi chog'ida Ukrainada sulh tuzishga chaqiruvlariga qarshi

0

Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining strategik kommunikatsiyalar bo'yicha koordinatori Jon Kirbining aytishicha, Qo'shma Shtatlar Rossiya va Xitoy yetakchilari Vladimir Putin va Si Szinpin o'rtasida bo'lajak uchrashuvdan so'ng Ukrainada sulh tuzish bo'yicha mumkin bo'lgan chaqiriqlarni qabul qilib bo'lmas deb hisoblaydi.

 

Fox News telekanalida u agar bu uchrashuv sulhga chaqiruvga olib kelsa, bu qabul qilinishi mumkin emasligini aytdi.

 

“Bu Rossiyaning bugungi kungacha erishgan yutuqlarini tasdiqlaydi va janob Putinga yangi odamlarni tayyorlash va o'ziga qulay bo'lgan yangi hujumni rejalashtirish uchun vaqt beradi”, — deya Kirbi so'zlarini keltirmoqda TASS.