Ramazon oyi sabab APLda qoidalar o'zgaradi

0

Ramazon tufayli Angliya Premyer-ligasida qoidalar o'zgarishi mumkin. Sky Sports xabariga ko'ra, kechki o'yinlarda vaqtinchalik asosda islomga e'tiqod qiluvchi futbolchilar uchun pauza joriy etilishi mumkin. Tanaffus paytida futbolchilar ovqatlanishlari mumkin bo'ladi.

Qayd etilishicha, uchrashuvlar oldidan hakamlar ovqatlanish uchun tanaffusga muhtoj bo'lishi mumkin bo'lgan futbolchi va murabbiylarni aniqlab oladi. Tanaffuslar oldindan kelishib olinadi.

“Arsenal” ayni damda Angliya Premyer-ligasida peshqadamlik qilmoqda.