60 ming so'm evaziga qo'shmachilik qilgan shaxs ushlandi

0

Buxoro viloyati G'ijduvon tumanida qo'shmachilik qilib, fuqarolardan 60 ming so'm olgan shaxs ushlandi.

Ma'lum bo'lishicha, 17 mart kuni IIB xodimlari tomonidan maxsus tezkor profilaktik tadbir o'tkazilgan. Natijada Pamo'za mahallasida yashovchi, 1962 yilda tug'ilgan B.M. yashash xonadonida bir erkak va ayolni jinsiy aloqa qilishi uchun alohida xona ajratib bergani aniqlangan. Ayol buning evaziga ulardan 60 ming so'm olgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 131-moddasi (qo'shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.