Janubiy Koreya va AQSh o'rtasidagi keng ko'lamli harbiy mashg'ulotlar iyun oyiga rejalashtirilgan

0

Mashqlar uchun har ikki tomon yuqori texnologiyali harbiy texnikalarni safarbar qilmoqda, deya xabar bergan harbiy idora.

«Bu mashg'ulotlar ittifoqchilarning birdamligini mustahkamlash, ularning qurolli kuchlarining texnologik ustunligini namoyish etish va “harakat va kuch yo'li bilan tinchlikka erishish”ga e'tibor qaratishdan iborat”, — deyiladi Mudofaa vazirligi xabarida.

Ma'lum qilinishicha, bu ikki ittifoqchi bunday harbiy ommaviy qo'shma mashqlarni ko'p marotaba o'tkazishgan. Oxirgisi 2017 yilda bo'lib o'tgan.

Bundan tashqari, Mudofaa vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, Seul ham sentyabr oyi oxirida AQSh harbiylari ishtirokida Janubiy Koreya Qurolli kuchlari kunini nishonlash marosimini o'tkazishga tayyorlanmoqda.

Shu tariqa, janub Shimoliy Koreya tahdidlarini ushlab turish va ularga javob berish uchun alyansning “eng katta” imkoniyatlarini namoyish qilmoqchi.

Ittifoqchilar Koreya yarim orolida BMT qo'mondonligi mudofaa vazirlari bilan birgalikdagi ilk uchrashuvini o'tkazishni rejalashtirmoqda.

1953 yil oktyabrda Janubiy Koreya va AQSh o'zaro mudofaa shartnomasini imzolashgan.