Jazoir prezidenti Abdelmadjid Tebbun Al Jazeera telekanaliga bergan intervyusida mamlakat Ukrainadagi inqirozni hal qilishda vositachi bo'lishi mumkinligini aytdi.
Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
“Jazoir Ukraina inqirozida vositachi rolini bajarishga qodir. Biz bunga yetarlicha ishonchga ega bo'lgan kam sonli davlatlar qatoridamiz”, dedi Tebbun.
Shuningdek, u Rossiyaga tashrifi may oyiga mo'ljallanganligini ma'lum qildi.