Prezident o'tkazgan yig'ilishda pillachilik va junchilik salohiyatidan yanada keng foydalanish zarurligi ta'kidlandi.
Shu munosabat bilan Toshkent viloyatida 15 ming gektar, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Xorazm viloyatlarida 10 ming gektardan, Qoraqalpog'istonda, Andijon, Namangan, Navoiy, Sirdaryo, Farg'ona viloyatlarida 5 ming gektardan aholi yashash joylariga yaqin lalmi va yaylov maydonni o'zlashtirib, pilla klasterlarini tashkil qilish zarurligi qayd etildi.
Bu yerlar Vyetnam tajribasi asosida aholiga 1-2 gektardan ham tut, ham oziq-ovqat ekish uchun beriladi.
Shuningdek, Oltinsoy, Sho'rchi, Konimex, Nurota, Muborak, G'uzor, Kattaqo'rg'on, Nurobod, Forish, Tuproqqal'a tumanlarida aholi yashash joylariga yaqin 10 ming gektardan lalmi va yaylov maydonda jun klasterlarini tashkil qilish topshirildi.