Turkiya janubi-sharqidagi Qahramonmarash provinsiyasida 4,3 balli zilzila qayd etildi, deya xabar beradi Anadoly agentligi.
Turkiya hukumati huzuridagi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra, zilzila mahalliy vaqt bilan soat 08:45 da qayd etilgan.
Zilzila epitsentri Onikishubat tumanida joylashgan. O'chog'i – 6,94 kilometr chuqurlikda. Qurbonlar va vayron bo'lgan binolar haqida ma'lumotlar yo'q.
Eslatib o'tamiz, 6 fevral kuni Turkiyaning Qahramanmarash provinsiyasida magnitudasi 7 dan oshadigan ikkita zilzila sodir bo'lgan edi. Yer silkinishlari mamlakatning 10 provinsiyasida, shuningdek, qo'shni davlatlar, jumladan Suriyada ham sezilgan.
Fevral oyida tabiiy ofatdan Turkiyaga yetkazilgan zarar 105 milliard dollardan oshdi.