Dunyoda 761 million kishi koronavirus bilan kasallangan – JSST

0

 

Joriy yilning 20 fevralidan 19 martgacha 3,7 milliondan ortiq odam koronavirus bilan kasallangan, 26 mingdan ortiq kishi vafot etgan. Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma'lumotlariga ko'ra, o'lganlar soni oldingi 28 kunga nisbatan 46 foizga, virusni yuqtirganlar soni esa 31 foizga kamaydi.

JSST axborot byulleteniga ko'ra, dunyoda to'rt hafta ichida 3 738 575 kishi koronavirus bilan kasallangan va ulardan 26 147 nafari vafot etgan.

28 kun ichida eng ko'p kasallanish AQShda qayd etilgan – 792 202, Rossiya (339 564), Xitoy (320 029), Yaponiya (291 672) va Germaniya (281 468). 20 fevraldan 19 martgacha bo'lgan davrda AQSh 8187 ta o'lim holati bilan birinchi o'rinda, undan keyingi o'rinlarda Buyuk Britaniya (2474), Yaponiya (1898), Braziliya (1587) va Xitoy (1472) joylashgan.

JSST ma'lumotlariga ko'ra, pandemiya boshlanganidan 21 martgacha dunyoda 761 071 826 kishi koronavirus bilan kasallangan va 6 879 677 kishi vafot etgan.