Kriptovalyuta bankomatlari ishlab chiqaruvchi “General Bytes” kompaniyasining «batm» platformasidagi zaiflikdan foydalanib, xakerlar kompaniyaning kriptovalyutalarini o'g'irlagan.
Chexiya kompaniyasi “General Bytes” dunyoning 120dan ortiq mamlakatlarida 15.000dan ortiq kriptovalyuta bankomatlariga egalik qiladi va faoliyat ko'rsatadi.
Ushbu qurilmalar 40dan ortiq turli kriptovalyutalarni sotib olish, sotish uchun mo'ljallangan bo'lib, masofaviy “CAS” server tomonidan boshqariladi.