Qirg'izistonda ko'chki yuz berdi

0

O'sh viloyatining O'zgan tumanida hajmi qariyb 1 million kub metr bo'lgan ko'chki yuz berdi. Bu haqda  sputnikkg xabar berdi.

Qirg'iziston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, ko'chkidan 300 metr uzoqlikda joylashgan 18 ta uy aholisi evakuatsiya qilingan.

«O'zgan viloyati jamoat xavfsizligi xizmati tomonidan ogohlantirish e'lon qilindi, profilaktika choralari ko'rilmoqda», — deyiladi xabarda.