Qoraqalpog'iston xalq yozuvchisi Kengesboy Allambergenov vafot etdi

0

Qoraqalpog'iston xalq yozuvchisi, Berdaq nomidagi davlat mukofoti laureati Kengesboy Allambergenov vafot etdi. Bu haqda O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi xabar berdi.

Kengesboy Allambergenov 1954 yili Qoraqalpog'iston Respublikasi Qorao'zak tumanida tug'ilgan. Qoraqalpoq davlat pedagogika institutini tugatib, “Jetkinshek” gazetasi, “Amudaryo” jurnali, Nukus pedagogika instituti, “Ilm va jamiyat” jurnalida bosh muharrir, o'qituvchi, kafedra mudiri, o'quv ishlari bo'yicha prorektor lavozimlarida ishlagan.

U bir qancha qissa va romanlar, bir nechta monografiya, darslik, o'quv qo'llanmalari va 300 dan ortiq ilmiy maqolalar yozgan.