So'nggi 2 oyda O'zbekiston eng ko'p qaysi davlatga eksport amalga oshirgan?

0

Statistika agentligining dastlabki ma'lumotlariga ko'ra, 2023 yilning yanvar–fevral oylarida O'zbekiston eksportida eng yuqori ulushga ega bo'lgan davlat Rossiya bo'lib, mazkur mamlakatga 454 mln dollar miqdorida eksport amalga oshirilgan.

Keyingi o'rinlardan esa Turkiya (222,7 mln), Xitoy (184 mln), Qozog'iston (158 mln), Qirg'iz Respublikasi (129 mln) hamda Afg'oniston (109 mln) o'rin olgan.

Shuningdek, Tojikistonga 70,5 mln, Fransiyaga 60,3 mln, Pokistonga 30,3 mln, BAA 29,3 mln AQSh dollari miqdorida eksport amalga oshirilgan.