2023 yil 27 martdan 5 aprelga qadar issiq suv ta'minotida bir kunlik uzilishlar kuzatiladi, deb xabar bermoqda Veolia Energy Tashkent kompaniyasi.
Xabarda aytilishicha, issiqlik tarmoqlaridagi nuqsonlarni aniqlash va keyingi isitish mavsumi boshlanishidan oldin ularni bartaraf etish uchun issiqlik tarmoqlarini mo'ljallangan harorat bo'yicha sinovdan o'tkazish kerak.
Sinovlar davomida issiqlik tarmoqlari quvurlarining shikastlanishi va issiq suv yo'llar va yo'laklarga chiqishi mumkin. Haydovchilar, piyodalar hamda ma'muriy va turar-joy binolarida yashovchi fuqarolardan e'tiborli va ehtiyot bo'lishlari so'raladi.
Issiq suv uzilishi kutilayotgan sana va manzillar