AQShning Missisipi shtatida tornado oqibatida 25 kishi halok bo'ldi, deya xabar beradi Euronews.
Rolling-Fork shahri tabiiy hodisadan eng ko'p zarar ko'rdi. Shaharda yuzlab binolar vayron bo'lgan, o'nlab odamlar jarohatlangan.
AQSh prezidenti Jo Bayden bir qator okruglarda favqulodda holat e'lon qildi. Jarohatlanganlarga yordam ko'rsatishni topshirdi. Bunga vaqtinchalik boshpana qurish kiradi. Buzilgan infratuzilmani tiklash, uyi sug'urtalanmaganlarga imtiyozli kreditlar berish zarurligini aytdi.