Afsonaviy basketbolchi Maykl Jordanning krossovkalari kim oshdi savdosida rekord darajadagi 2,2 million dollarga sotildi, deya xabar beradi VVC.
Air Jordan 13 kimoshdi savdosiga qo'yilgan Maykl Jordanning eng qimmat buyumlaridan biriga aylandi. Sotheby’s auksion uyi uning qiymatini 2 million dollardan 4 million dollargacha baholagan.
Sportchi 1998 yilda NBA finalida kiygan futbolka o'tgan yili 10,1 million dollarga sotilgan edi.
2021 yilda Jordanga tegishli Nike Air Ships krossovkalari auksionda 1,47 million dollarga sotildi.
Seshanba kuni sotilgan Air Jordan 13, basketbol yulduzi 1997/98 yilgi mavsumda «Chikago Bullz» bilan so'nggi chempionatida kiiygan. O'shanda Jordan 1998 yilgi NBA final seriyasining ikkinchi o'yinida 37 ochko to'plagan va buning evaziga «Chikago Bullz» «Yuta Djaz»ni 93:88 hisobida mag'lub etgandi. Ushbu o'yin voqealariga ko'ra, jamoadagi mega yulduzning so'nggi mavsumiga bag'ishlangan «So'nggi raqs» hujjatli filmi suratga olindi.
Bu Jordan uchun oltinchi NBA chempionligi bo'ldi va u beshinchi marta MVP (Most Valuable Player – eng qimmat o'yinchi) deb topildi.
Sotheby’s auksion uyi ma'lumotlariga ko'ra, ikkinchi o'yindagi g'alabadan so'ng Jordan kiyim almashtirish xonasida to'p tarqatuvchiga yo'qolgan kurtkani topgani uchun minnatdorchilik belgisi sifatida krossovkalar sovg'a qilgan.
Maykl Jordan oltita NBA finalini, ikkita Olimpiya oltin medalini va boshqa ko'plab mukofotlarni qo'lga kiritdi. U barcha davrlarning eng buyuk sportchilaridan biri hisoblanadi.