U 1961 yil 24 mayda Toshkent shahrida tug'ilgan. 1983 yil hozirgi Toshkent axborot texnologiyalari universitetini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 1983 yil Toshkent telefon-telegraf stansiyasida muhandislikdan boshlab, o'tgan yillarda qator mas'ul lavozimlarda ishlagan.
2016 yil 14 dekabrda bosh vazir lavozimiga tasdiqlangan. 2020 yil yanvarda qaytadan hukumat rahbari etib tasdiqlandi.
Abdulla Aripov “Do'stlik”, “Mehnat shuhrati” va “Fidokorona xizmatlari uchun” ordenlari bilan mukofotlangan.